Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan, fakultet binosi maydonida "Iqtidorli talabalar ko'rgazmasi" tashkil etildi.

Tadbirning ochilish qismida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A.Rasulov so'zga chiqib, bugungi kunda ta'lim muassasasidagi ustoz-shogird tizimi hamda ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bugungi ko'rgazma tashkillotchilarga ish jarayonida omadlar tiladi.

Shuningdek, fakultet dekani A.Baratov va dekan o'rinbosarlari B.Jo'rayev, A.Sobirxonov fakultetning barcha professor-o'qituvchilariga, kafedra mudirlariga hamda talabalarga bugungi jarayonlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ko'rgazma jarayonida ishtirokchilar, sohada erishgan yutuqlari, relyefli globus, elektron xarita, tikuvchilik ishlari, ilmiy ishlar, dorivor o'simliklar loyihasi, kimyoviy ishlanmalar, ekologik gerbariylar, rassomchilik, bisserlik, qushlar olami va boshqa 20 ga yaqin yo'nalishlarda o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image