O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi.
Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 chorakfinali doirasidagi uchinchi bahsda O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Dohadagi «Xalifa» stadionida o‘tgan bahsda Temur Kapadze murabbiyligidagi jamoamiz 45+2-daqiqada Husayn Norchayevning goli evaziga hisobni ochib, tanaffusga g‘olib sifatida chiqdi - 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa maydonda raqibdan ustunligini ko‘rsatgan olimpiyachilarimiz 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Umarali Rahmonaliyevning goli evaziga hisobdagi farqni ikkitaga oshirib, yakunda ishonchli g‘alabaga erishishdi – 2:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘z tarixida ilk marta yarimfinalga yo‘llanma olib, eng kamida Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun pley-off bahsida maydonga tushishini kafolatladi. Olimpiyachilarimiz final yo‘llanmasi uchun bahsda 29 aprel kuni Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu tarixiy g‘alabaga ayni paytda Namangan davlat universiteti talabasi bo‘lgan Umarali Rahmonaliyev o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Ushbu g‘alaba butun O‘zbekiston xalqi, futbol ishqibozlari, jumladan, Namangan davlat universiteti jamoasini ham behad xursand qildi!

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image