O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Uychi tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermerlar kengashi, bandlikka ko‘maklashuvchi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi, yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari hamda “Yer maydoni olib dehqonchilik qilish istagidagi yoshlar” ishtirokida “Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik uzumchilik sabzavotchilik” ilmiy tadqiqot institutining Namangan tajriba stansiyasida amaliy seminar tashkil etildi.

Amaliy seminar mavzusi “Davlat tomonidan berilgan yer maydonlariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashdagi dolzarb agrotexnik tadbirlar” bo‘lib,  yig‘ilgan yoshlarga universitet olimlari va tegishli mutasaddilar kerakli ko‘rsatma va takliflar berishdi.

Seminar so‘ngida tumanda yer bilan ta’minlangan yoshlar ekkan ekinlari, ularning holati, olishi mumkin bo‘lgan daromadi, kelgusida qanday ekinlar ekishi lozimligi borasida kelishib olinib, har 10 kunda dala maydonlariga chiqib, ekilgan ekinlarning holati hamda o‘tkazilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image