Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 85 yilligiga bag‘ishlab, ijtimoiy tarmoqlarda ijodkor yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning “Buyuk inson qalbimizda” deb nomlangani bejiz emas. Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi.U buyuk ishlari tufayli sayyoramizning nufuzli siyosatchilaridan biri sifatida tan olindi. Birinchi Prezidentimizning muvaffaqiyatlari jahonda O‘zbekiston muvaffaqiyati sifatida tan olindi. Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston tom maʼnoda Mustaqillikka erishdi.Yurt yetakchisi esa o‘ziga qo‘l bilan tiklab bo‘lmaydigan haykal qo‘ydi. Haykalning nomi esa “Xalq mehri, sadoqati va ishonchidir” Uning siymosi insonlarning qalbidan chuqur joy egalladi.





Joriy yilning 26-aprel kuni Yodgorlik majmuasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Turli viloyatlardan tashrif buyurgan hamyurtlarimiz  “Butun olamni jo qilgan yurak”  fotoko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.



Tadbirda Birinchi Prezidentning rafiqasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi Vasiylik Kengashining aʼzosi Tatyana Karimova, Islom Karimov fondi Boshqaruv raisi Botir Ubaydullayev, Yodgorlik majmuasi rahbari Temur Shirinov hozir bo‘ldilar.



Tanlov Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan “Eng yaxshi videorolik”,  “Eng yaxshi maqola va sheʼr”,  “Eng yaxshi chizilgan surat” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi. Quvonarlisi ushbu tanlovdan Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti professor-o‘qituvchilari va  talabalari ham faol ishtirok etdi hamda “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida fakultet talabalari Umrzaqova Noila hamda "Islom Karimov asarlari bilimdoni" nominatsiyasida Qodirova Shahzoda 1-o‘rinni egallashdi.





G‘oliblarga Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab chop etilgan xotira kitoblari, fotoalbomlar, medallar va markalar to‘plamlari bilan taqdirlandilar.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image