Namangan davlat universitetida talabalarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga yanada keng jalb etish, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion hamda “startap” loyihalar bo'yicha qiziqishlarini orttirish maqsadida "Yoshlar akademiyasi forumi” tashkil etildi.

Forumni universitet rektori S.Turg'unov kirish so'zi bilan ochib berib, universitetda iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dodini ro'yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo'lga qo'yish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilib kelinayotganligi haqida fikr bildirib o'tdi.

Forum davomida iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko'rgazmasi, universitet rahbariyati, hamkor tashkilotlar, yosh startapchi va olimlar tomonidan seminar-treninglar hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy ma'ruzalar" o'tkazildi. Shuningdek, Yoshlar akademiyasining universitetdagi faoliyati haqida keng qamrovli targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

“Yoshlar akademiyasi forumi” iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion loyiha va ishlanmalarining ko‘rgazmasi bilan o‘z nihoyasiga yetdi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image