Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida kengroq maʼlumot berish maqsadida Filologiya, Tibbiyot fakultetlari hamda sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun profilaktik davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda birinchi prorektor N.Dexkanov, Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti boshlig'i Sh.Jo'rayev, profilaktika inspektorlari hamda Qalqon jamoatchilik guruhi a'zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda talabalarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari hamda universitet odob-axloq qoidalariga qat'iy amal qilish bo'yicha tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida har qanday intizomsizlikga huquqiy baho berilishi haqida profilaktika inspektorlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image