Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar va qadrli talaba-yoshlar!

Ma'lumki mamlakatimizda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarimizni sifatli ta'lim olishlari uchun qulay sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlanishi buning yorqin misolidir. 

Xususan Namangan davlat universitetida ham universitetda tahsil olayotgan talabalarni sifatli ta'lim-tarbiya olishlari va nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida universitet rektori Sobitxon Turg'unov boshchiligidagi universitet rahbariyati tomonidan katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, joriy yilning 25-26-aprel kunlari Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg'unov rahbarligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul Aydin universitetida bo'ldi. Tashrif davomida har ikki universitetning rivojlanish strategiyalari hamda o'zaro hamkorlik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarga kelishib olishganligi buning yorqin dalilidir.

Shu munosabati bilan joriy yilning 30-aprel kuni universitet jamoasi bilan rektor Sobitxon Turg'unovning uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda O'rta sharq texnika universiteti hamda Istanbul Aydin universitetidagi  talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ta'kidlab o'tildi.  Shu bilan birgalikda bizning universitetimizda ham shunday shart-sharoitlar yaratish uchun moddiy va ma'naviy jihatdan hamma sharoitlar borligi alohida e'tirof etildi.

Uchrashuvdan biz ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi o'z oldimizga istiqbolli maqsadlarni olib, ularni amalga oshirish uchun strategiyali rejalarni ishlab chiqdik. Bu dastur - amal asosida biz o'z faoliyatimiz orqali universitetimiz rivojiga o'z hissamizni qo'shamiz.

Haydaraliyev Shuhratjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi dotsent.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image