Namangan davlat universitetida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda universitet IT-parki tomonidan "Ochiq ilm-fan platformasi" ishlab chiqilmoqda.

Universitetdagi raqamlashtirish ishlarining davomi, Axborot-resur markazining raqamlashtirish tizimi - "Raqamli kutubxona" modulini ishga tushirish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida prorektor Dilshod Xolmatov raqamlashtirish dolzarb masala ekanligi, universitetdagi har bir jarayon raqamlashgan tizimga bosqichma-bosqich o‘tib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.



Raqamli kompetensiyalar markazi rahbari Xayrullo Melibayev Axborot-resurs markazi faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi. Taqdimot jarayonida xodimlarga yangi raqamlashgan kutubxona tuzilishi va unga ma’lumotlar kiritilishi amaliy ko‘rsatib o‘tildi hamda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ularga to‘laqonli javoblarni olishdi. 



O‘z navbatida ARM direktori Odiljon Xusanov amalga oshirilayotgan ishlar va ARMni raqamlashtirishda amalga oshirilgan ishlar uchun universitet rahbariyati va Raqamli kompetensiyalar markazi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image