Ushbu darslar talabalarga ingliz tilini chuqurroq o‘rganish, xalqaro standartlarga mos ta’lim olish va zamonaviy pedagogik uslublar bilan tanishish imkoniyatini bermoqda. 

Christopher Mark Doney o‘z tajribasi bilan bo‘lishar ekan, interaktiv o‘qitish metodlari, kommunikativ yondashuv va talabalarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan mashqlarni o‘rgatmoqda. Darslar davomida talabalarga nafaqat lingvistik bilimlar, balki madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari ham berilmoqda. 

Mazkur mashg‘ulotlar universitet talabalarining xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, xalqaro ta’lim standartlari bilan tanishishga yo‘l ochmoqda.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image