Namangan davlat universitetida Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda profilaktik davra suhbati o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 18.09.2024
- 15:05
- 138
Namangan davlat universitetida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish va qonunlarga rioya qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida ichki ishlar bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsizlik choralari haqida keng qamrovli ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarga huquqiy mas'uliyat, qonunbuzarlikning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tadbirlar universitetda muntazam ravishda tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilmoqda.