Namangan davlat universiteti Yoshlarni ma’naviy yuksalishga ko’maklashish departamenti Iste'dodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 20.09.2024
- 11:37
- 179
Musobaqani birinchi prorektor Narimon Dexkanov ochib berib, o‘z nutqida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni intellektual o‘yinlar orqali bilim va ko‘nikmalarini oshirishning ahamiyatini ta’kidlab, bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashligi haqida fikr bildirdi.
Shundan so'ng jami 30 ta jamoa ishtirok etgan Zakovat intellektual o‘yini juda qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi. 200 nafarga yaqin ishtirokchilar o‘z bilimlari va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish etib, o‘zaro raqobatlashishdi. O‘yin davomida jamoalar bir-biriga teng kurash olib borib, savollarga javob berishda katta faollik ko‘rsatishdi.
Bu o'yin yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirishga, ularni bilim olishga va fikrlashga undashga qaratilgan muhim voqea bo'ldi.