Yig‘ilishda birinchi prorektor Narimon Dexkanov, rektor maslahatchisi Alibek Bekmirzayev, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixolog, yoshlar yetakchisi, tarbiyachi-pedagoglar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Mazkur yig‘ilishda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning madaniy va ma’rifiy hayotini boyitish maqsadida olib boriladigan tadbirlarning sifati va samaradorligi bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Yangi o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning muntazam va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilish davomida birinchi prorektor N.Dexkanov yangi o‘quv yilida talabalar bilan olib boriladigan ishlarning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. U ijtimoiy faollikni oshirish, talabalar ongida vatanparvarlik, ma’naviyat va jamiyatga bo‘lgan mas’uliyatni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, yig‘ilishda fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari va tyutorlar o‘zlarining fakultetlarda talabalarning darsdan tashqari vaqtini foydali va samarali o‘tkazishlari bo‘yicha rejalari bilan bo‘lishdilar. Psixolog va profilaktika inspektorlari esa yoshlarning ruhiy va ijtimoiy holatlarini monitoring qilish, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida o‘z takliflarini berdilar.

Yig‘ilish yakunida har bir mas’ul shaxsga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va ushbu vazifalarning ijrosi muntazam nazorat qilinishi lozimligi qayd etildi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image