Markaziy nashrda namangan davlat univеrsitеti rеktorining muhim mavzuda tahliliy maqolasi chop etildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Markaziy nashrd...
- 26.09.2024
- 14:30
- 151
Ma’lumki, davlatimiz rahbari 17 sentyabr kuni Ostona shahrida ikkinchi «Markaziy Osiyo - Germaniya» sammitida ishtirok etdi. Prezidentimiz mazkur nufuzli xalqaro anjumanda mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.
Bu takliflarning Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston uchun manfaatli va istiqbolli jihatlari xususida Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon TURG‘UNOVning «Germaniya – Markaziy Osiyoning muhim va ishonchli sherigi» sarlavhali tahliliy maqolasi markaziy nashr – «Xalq so‘zi» gazetasining bugun – 25 sentyabr kungi 197-sonida chop etildi.
Maqolada davlatimiz rahbarining ilmiy-ma’rifiy almashuvlar sohasida yetakchi oliygohlar sherikligi uchun platformani ishga tushirish, Gyote instituti va Germaniyaning boshqa tashkilotlari nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflarining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.