Mayns universiteti professori Michael Schreiber Namangan davlat universitetida
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Mayns universit...
- 26.09.2024
- 14:26
- 462

Namangan davlat universiteti hamda QS reytingida 251-300 o‘rindan joy olgan Mayns Universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida Mayns universiteti professori Michael Schreiber seminar-trening o‘tkazish maqsadida Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A'zamjon Rasulov hamda Xalqaro aloqalar va reyting bo'limi boshlig'i Jasur Isroilovlar kutib oldilar.
Bu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni, malaka almashishni hamda xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Memorandum orqali ikkala universitet o‘zaro tajriba almashish, ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Professor Schreiber seminar-treningda o‘zining ilmiy tajribasi va yondashuvlarini Namangan universiteti olimlariga taqdim etib, ilmiy ishlarni samarali tashkil qilish bo‘yicha o'zining tavsiyalarini berdi. Germaniyadagi ilg‘or ilmiy yutuqlar va texnologik yangiliklar haqida ma’lumot berib, ularni Namangan universiteti ilmiy faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu tashrif nafaqat Namangan davlat universiteti ilmiy salohiyatini oshirish, balki talabalarning xalqaro miqyosda o‘z imkoniyatlarini kengaytirishiga turtki bo'ldi.