Talabalarni yashash shart-sharoitlari va muammolarini oʻrganish, ularni bartaraf etish maqsadida prorektor, departament rahbari, dekan o'rinbosari hamda tyutorlar Tibbiyot va Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari istiqomat qiladigan ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida talabalar bilan suhbatlashib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, talabalarni boʻsh vaqtlarini samarali o'tkazish va badiiy adabiyotlarni koʻproq oʻqish boʻyicha tavsiyalar berildi. 

Tashrif yakunida talabalarga badiiy kitoblar topshirildi. Ijara xonadonlari va talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan uchrashuvlar davom etadi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image