Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetida "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i K.Mamatov, profilaktika inspektorlari Z.Karimova hamda D.Karimovlar ishtirok etishdi. 

So‘zga chiqqan xodimlar tomonidan talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi barchamiz birdek kurashish to‘g‘risida tushuntirish berildi. Oʻtkazilgan yigʻilish jarayonida korrupsiya va tamagirlik kabi salbiy illatlarga yoʻl qoʻymaslik, ularga chek qoʻyish va javobgarlikning muqarrarligi kabi jihatlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi. 

 2025-yil 1-yanvardan  aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi joriy etilishi hamda ushbu platformaning imkoniyatlari borasida talabalarga tushuntirishlar berildi.

Suhbat so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image