Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularning rag'batlantirish maqsadida 35 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun tashkil etilgan "Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e'lon qilingan eng yaxshi material" tanlovi o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
Tanlovda ishtirokchilar ilmiy-ommabop jurnal va gazetalarda e'lon qilingan maqola, sharh va boshqalarni ( hammualliflikda e'lon qilingan materiallar bundan mustasno) taqdim etishlari mumkin bo'ladi.

G'olib va sovrindorlar diplom hamda quyida miqdorda moddiy rag'batlantiriladi:
1-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida; 
2-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida; 
3-o'rin bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.

Tanlov nizomini ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image