Aziz Vatan himoyachilari, yuragini sadoqat va jasorat yondirgan mard va jasur o‘g‘lonlar! 

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan tabriklayman va qalbimdagi eng samimiy tilaklarni izhor etaman.

O‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz kabi farzandlarimiz bor ekan, O‘zbekiston atalmish ozod va obod mamlakat hamisha gullab-yashnayveradi. Sizlar borki, xalqimiz tongni ezgu orzular ila qarshilab, ertangi kunga ishonch bilan boqadi. 

Barchamizga yaxshi ma’lum, 1992 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etildi, o‘tgan 33 yil mobaynida milliy armiya har tomonalama kengayib, dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 1993 yildan beri bayram sifatida nishonlanib kelayotgan «Vatan himoyachilari kuni» bugunga kelib xalqimizning eng sevimli, orziqib kutadigan bayramiga aylandi. Chunki bu kunda Siz – jasorat, matonat, jur’at, fidokorlik namunasi bo‘lgan aziz farzandlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromimizni namoyon etamiz.

Bugungi jahon ayvonida notinchlik sezilib turgan bir paytda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyati tobora yuksalib borayotganligini e’tirof etish qalbimizda g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu bilan birga zimmamizdagi har tomonlama sog‘lom, mard, bilimli, dunyoqarashi keng, mafkuraviy tahdidlarga qarshi immuniteti kuchli yoshlarni tarbiyalashdek mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Negaki, mana shunday farzandlar Milliy armiyamizning tayanchi, ishonchi va kuchi hisoblanadi. 

Bugun ana shunday botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila a’zolariga jamoamiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Qadrli Vatan himoyachilari!

Yana bir bor Sizlarni, sizlar orqali ota-onalaringiz, oilangizni, «Vatan himoyachilari kuni» bilan yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, omad va ulkan yutuqlar tilayman. 

Sizning Vatan himoyasidagi har bir kuningiz – katta qahramonlikdir. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘la kechsin. Vatanimiz osmoni hamisha musaffo, tinchligimiz va taraqqiyotimiz bardavom bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image