Namangan davlat universitetida iste’dodli talabalar taqdirlandi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 14.01.2025
- 14:06
- 231
Joriy o‘quv yilida turli sohalarda yuqori natijalarga erishib, universitetimiz nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh iste’dodli talabalar taqdirlandi.
Universitet rektori S.Turg‘unov «O‘zbekiston kubogi»da 2 karra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan voleybol (qizlar) jamoasi, Intellektual olimpiadaning erudit-kvartet turnirida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan «Zakovat» jamoasi hamda «Universiada»ning gandbol musobaqasida 3-o‘rinni egallagan qizlar jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, erishilgan natijalar e’tirof etildi. Gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida S.Turg‘unov Buxoroda bo‘lib o‘tadigan «Universiada»ning voleybol musobaqasiga yo‘l olayotgan universitet jamoasiga omad tiladi.
Taqirlash jarayonidan fotosuratlar havolada
Qidirish
So'nggi yangiliklari
KELAJAKNI MILLIY QADRIYATLAR BILAN QURAMIZ!
- 08.02.2025