Universitetlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Universitetlar ...
- 04.02.2025
- 22:16
- 168
Prezidentimizning Malayziya davlatiga rasmiy tashrifi doirasida Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumida mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatori Namangan davlat universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sobitxon Turg‘unov Malayziyaning bir necha universitetlariga tashrif buyurdi. Jumladan, delegatsiya vakillari Sharqiy Osiyodagi nufuzli ta’lim dargohi sanalgan “Malaya” universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida, universitetda tabiiy fanlarning o‘qitilishi, xususan, botanika bog‘i, markazlar faoliyatini ko‘zdan kechirildi. Fakultetlardagi zamonaviy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Xizmat safarining amaliy natijasi sifatida, har ikki universitet o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Unga asosan, “Malaya” universitetining fan (“Science”) fakulteti hamda Namangan davlat universitetining fizika-matematika fakulteti o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, tabiiy fanlar sohasida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etiladi. Har ikki davlatning nufuzli oliygohlari o‘rtasidagi maqsadli hamkorlik shartnomalarining imzolanishi kelgusida Namangan davlat universitetining xalqaro doiradagi faoliyatini yanada kengaytiradi.
Qidirish
So'nggi yangiliklari
KELAJAKNI MILLIY QADRIYATLAR BILAN QURAMIZ!
- 08.02.2025