Malayziyaning Perak shtatida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida har ikki mamlakatning 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatnashishi nazarda tutilgan. Ular orasida Namangan davlat universiteti delegatsiyasining ham borligi quvonarli.

Forum doirasida Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg‘unov Malayziyaning Malayya universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi va maqsadli hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Shuningdek, NamDU rektori rahbarligidagi delegatsiya Malayziyaning nufuzli – Utara hamda Malayziya Xalqaro islom universitetlariga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Bu hamkorlik kelgusida universitetning xalqaro doiradagi faoliyati yanada kengayishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image