FILOLOGIYA FAKULTETIDA 8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- FILOLOGIYA FAKU...
- 10.03.2025
- 12:08
- 271

Bayram tadbirini fakultet dekani A.Nazarov ochib, o‘z so‘zida mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi faolliklari haqida to‘xtalib, barcha ayol o‘qituvchilarni, talaba-qizlarni bahor ayyomi, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan qizg‘in tabrikladi.
Shundan so‘ng, fakultet jamoasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga universitet rektorining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan bellashuvga ulanib ketdi. Ushbu bellashuv tadbirga o‘zgacha mazmun va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.