Biotexnologiya fakultetida Namangan viloyati Aloqabank yetakchi mutaxassislari hamda fakultet iqtidorli talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida fakultet dekani Sh.Ataxanov hamda bank mutaxassisi F.Raximovlar talabalarga 2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Prezident va yoshlar uchrashuvi haqida so‘zlab, unda imzolangan 2-hujjatga ko‘ra Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch "yoshlar banki"ga aylantirilgani xususida tushunchalar berishdi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob oldilar.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image