XOTIN-QIZLAR KENGASHI TOMONIDAN 8-MART “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN “MILLIYLIK KO‘ZGUSI” NOMLI FESTIVAL O‘TKAZILDI.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- XOTIN-QIZLAR KE...
- 10.03.2025
- 12:07
- 263

Namangan davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet talaba-qizlari ishtirokida “Milliylik ko‘zgusi” nomli festival o’tkazildi.
Festivalda talaba-qizlar milliy liboslar ko’rgazmasi, karvin, qo’l mehnati shartlari bo’yicha o’zaro bellashdilar. Ushbu shartlar bo’yicha universitetdagi 10 ta fakultetdan 8 ta fakultet talaba-qizlari ishtirok etdi. Festival ishtirokchilarini taklif etilgan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Festivalni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan xotin-qizlar kengashi a’zolariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.