O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan O‘zbek tili va adabiyoti, Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili, Tarix, San'at ta'lim sohasidagi barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta'limi yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun  davlat granti ajratilgan. 

Ushbu davlat granti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim uchun tanlov asosida taqdim etiladi.

 Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
🔸 shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-­momosi:
🔸 etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
🔸 O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
🔸 xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
🔸 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
🔸 o‘zbek tilini bilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi manzillar orqali olish mumkin:
💻Telefon: +99894 159-79 51
⭐Telegram: https://t.me/icnamsu

🔹 Namangan davlat universiteti axborot xizmati

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image