NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA «MA’RIFAT DARSI» BO‘LIB O'TDI
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- NAMANGAN DAVLAT...
- 05.04.2025
- 16:22
- 429

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA «MA’RIFAT DARSI» BO‘LIB O'TDI
Namangan davlat universitetida talaba-yoshlarning ilmiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyat va ma’naviyatni yanada yuksaltirish maqsadida “Ma’rifat darslari” tashkil etildi.
Mazkur darslar universitet rektori Sobitxon Turg‘unov, prorektorlar, dekanlar hamda tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan barcha fakultetlarda muntazam o‘tkazilmoqda. Darslar davomida ustozlar talabalarga ma’rifat, ilm-fan, odob-axloq va mustaqil fikrlashning ahamiyati, shuningdek, zamonaviy dunyodagi global jarayonlar haqida muhim tushunchalar berib kelmoqda.
Talabalar ushbu darslarda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda. Mazkur tashabbus yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim poydevor yaratmoqda.