Asosiy kontentga o'tish
“TALABA-YUGUR” — SOG‘LOM TURMUSH SARI BIR QADAM!

Diqqat, talabalar!

Yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida keng qamrovli “Talaba-yugur” yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Masofa: 3 km.

Musobaqa natijalari MyLaps elektron hisoblash tizimi orqali aniqlanadi.

Sovrin va rag‘batlantirishlar

Respublika bosqichida:
1-o‘rin — 10 mln so‘m;
2-o‘rin — 8 mln so‘m;
3-o‘rin — 5 mln so‘m.

OTM bosqichida:

1–3-o‘rinlarni egallagan talabalarga bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha stipendiya beriladi.

“Talaba-yugur” yugurish musobaqasi yiliga ikki marotaba — “Kuzgi” mavsumda (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” mavsumda (mart-may oylarida) o‘tkaziladi.

Namangan viloyatida “Talaba-yugur” musobaqasining “Kuzgi” mavsumi 2026-yil 6-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Aziz talabalar!

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘z imkoniyatlaringizni sinab ko‘rish maqsadida “Talaba-yugur” musobaqasida faol ishtirok eting va g‘oliblik uchun kurashing.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: Perfend.com

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image