Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan «Tanishtiruv haftaligi» doirasida Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi M.To‘xtasinov hamda 1-bosqich talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga universitetda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy loyihalarda ishtirok etish, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, olimpiadalar, grantlar, stipendiyalar hamda startap loyihalarida qatnashish imkoniyatlari xususida tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida talabalarning ijtimoiy, ilmiy va innovatsion faolligini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan istiqboldagi vazifalar ham muhokama qilindi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish