Namangan davlat universiteti markazining tadqiqot natijalari taqdimot qilindi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 18.09.2026
- 12:49
- 34
Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar muammolarini o‘rganish va tahlil qilish markazi” tomonidan Norin tumanida yoshlar muammolari o‘rganib chiqildi.
Bugun markaz rahbari N.Dehqonovning o‘rganish yakunlari va muammolarini yechimi bilan bog‘liq takliflar taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda viloyatda yoshlar bilan ishlash sohasiga mas’ul bo‘lgan tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. O‘rganish yakunlari va taqdim etilgan takliflar yuqori baholandi.
Markaz tomonidan o‘rganish ishlari Mingbuloq tumanida davom ettirilishi belgilandi.